Xorazm texnoparki: talabalar uchun hunar va hayotiy ko‘nikmalar makoni

Respublikamiz bo‘ylab tashkil etilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talaba-yoshlari uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunar o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, fakultet qoshida faoliyat olib borayotgan Xorazm texnoparkining tikuvchilik hamda non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ustaxonalarida talabalar amaliy mashg‘ulotlar asosida hunar o‘rganmoqda. Bu jarayonda ular tikuvchilikning zamonaviy uslublari, tikuv mashinalaridan foydalanish texnologiyasi, non mahsulotlarini tayyorlash va pishirish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashmoqda.

Qolaversa, yozgi taʼtil davrida fakultetdagi sport maydonlari, toʻgaraklar va oʻquv-amaliy laboratoriyalar mahallalar yoshlari uchun doimo ish rejimida boʻlib, bugungi kunda mazkur hududdagi mahalla yoshlari bu imkoniyatlardan unumli foylanmoqda.