UrDU vakillari "O‘zbekiston - Buyuk Britaniya taʼlim forumi”da ishtirok etishdi
✅15-16 may kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida “Barqaror hamkorliklarni rivojlantirish: Inklyuziv universitetlar va ishlab chiqarish bilan hamkorlik” mavzusida "O‘zbekiston - Buyuk Britaniya taʼlim forumi” bo’lib o’tdi.
????Unda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig‘i X.Shixova hamda Biznes va boshqaruv kafedrasi dotsenti E.Xodjaniyazovlar ishtirok etishdi.
Mazkur forumdan ko’zlangan maqsad Oʻzbekiston, Buyuk Britaniya va global miqyosdagi oliy taʼlim tizimi uchun ustuvor yoʻnalishlar, ushbu yo'nalishlardagi vazifalarga samarali erishish yo'llari, xususan, transmilliy taʼlim orqali erishish masalalariga murojaat qilishdan iborat bo’ldi. Tadbir davomida oliy taʼlim siyosati, amaliyoti hamda oliy taʼlimdagi hamkorlik masalalari muhokama markazida boʻldi.
????UrDU vakillari tomonidan G-CAN loihasi doirasida moliyaviy va akademik mustaqil bo'lgan OTM Boshqaruv kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, OTMdagi jarayonlarda Akademik halollik prinsiplariga rioya qilish bo'yicha chiqish qilindi.