2021-yil 22-aprel kuni Pedagogika fakultetida “Ma'naviyat haftaligi” doirasida “Ona yurtim maskanlari: urf-odatlar, udumlar va qadriyatlar!” mavzusida milliy kiyimlar ko‘rgazmasi va an’analarni tarannum qilish bo‘yicha ko‘rik-tanlov bo'lib o'tdi.
Tadbirda arxitektura fanlari doktori(DSc), senator G.Durdiyeva, UrDU Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Nurullayeva hamda fakultet professor-o`qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Tanlovda milliy, kundalik, ish va oqshom liboslari namoyishi o`tkazildi, qizlarning odob-axloq qoidalariga zid kiyinishini qoralovchi chiqishlar shuningdek, urf-odatlarimiz va milliy qadriyatlarimizni o`zida aks ettirgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.