2021-yilning 23-aprelida Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Yosh notiqlar" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov ochib berib, tanlovning barcha ishtirokchilariga omad tiladi.
Tadbirda universitetning Filologiya, Tarix, Xorijiy filologiya, Bioinjineriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetlarining iste`dodli talaba-yoshlari ishtirok qilishdi.
Tadbir davomida Filologiya fakultetining 204-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan diltortar kuy- qo‘shiqlar, raqs va sahna ko‘rinishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Tadbir nihoyasida fakultet dekani D.G‘ayipov g‘olib talabalar va faol ishtirokchilarni faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.