2021-yilning 24-aprel kuni Urganch davlat universitetida Murabbiylar kengashi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi ishtirokida «Pedagog-yuksak maʼnaviyat egasi» mavzusida Matbuot anjumani o`tkazildi.
Matbuot anjumanida Murabbiylar kengashi raisi M.Atajonova, UrDU Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Nurullayeva, DBA Urganch filiali dotsenti, p.f.n. Sh.Ismoilova, OAV vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Anjumanda so`zga chiqqanlar mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalashda pedagoglarning hissasi, o`qituvchi va talaba orasidagi munosabatlar, bugungi kunning komil insonlarini tarbiyalashda murabbiylarning roli, ustoz-shogird an`analari, pedagogik mahorat va tarbiya san`ati, ta`lim va tarbiyaning uzviyligi, barkamol insonni tarbiyalashning ilk namunasi bo`lgan milliy g`urur va Vatanga muhabbatni yosh avlod onggida shakllantirish, pedagogga xos bo`lgan ma`naviyatning turli ko`rinishlarini hayotiy tajribalar xususida fikr bildirdilar.
Shuningdek, jamoat tashkilotlarining faoliyati haqida, universitetda talaba-qizlarga qaratilayotgan e`tibor, ularni nafaqat kasbga tayyorlash balki bo`lajak oila bekasi sifatida ham bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari uchun qilinayotgan sa`yi-harakatlar haqida so`z bordi.
Anjuman yakunida berilgan savollarga javoblar tinglandi.