O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ 4037-sonli qarori, Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma`naviyatni yuksaltirish bo`yicha o`tkazilgan majlis bayoni ijrosini taminlash hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2021-yil 1-fevraldagi 58-sonli buyrug`iga asosan, 2021-yil 30-aprel kuni Urganch davlat universitetida “Talabalar festivali” doirasida universitet talaba yoshlari o`rtasida “Do`stlik festivali” ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi.
Ko`rik-tanlovda Urganch davlat universitetidagi barcha fakultetlarning jamoalari ishtirok etdi .
“Do`stlik festivali” ko`rik-tanlovi jamoaviy musaboqa bo`lib , unda jamoalar belgilangan vaqt doirasida oldindan e`lon qilingan 3 ta shart bo`yicha bellashdilar.
Barcha jamoalar chiqishlarini universitet Murabbiylar kengashi raisi M.Atajonova boshchiligidagi hakamlar hay`ati a`zolari baholab bordi.
1-o`rin – Tarix fakultetining “Qaldirg`ochlar” jamoasi
2-o`rin – Tabiiy fanlar fakultetining “Porloq yulduzlar” jamoasi
3-o`rin - Jismoniy madaniyat fakultetining “Do`stlik” jamoasi