O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Doniyor Tohirovich Yo‘ldoshev doktorlik dissertatsiyasi(DSc)ni O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qilgani bilan tabriklaymiz! Mazkur dissertatsiyaning bajarilishiga ilmiy maslahatchilik qilgan ustozimiz professor Zarifboy Do‘simovni ham ushbu yutuq bilan qutlaymiz!