Bugun erta tongdan respublikamizdagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarida "So'nggi qo'ng'iroq" sadolari yangradi.
Ushbu tadbirda universitetimiz professor-o`qituvchilari ham faol ishtirok etdi.
Jumladan, Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev Urganch shahridagi 16-son umumiy o`rta ta`lim maktabiga tashrif buyurib, 2020/2021-o'quv yili bitiruvchi yigit-qizlarini tabriklab, ta’limning keyingi bosqichida barcha bitiruvchilarga omad va zafarlar tiladi.

