UrDU rektori Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kursida ishtirok etayotgan xorijlik mutaxassislar bilan uchrashdi

Xabaringiz bor,  ayollar oʻrtasida Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston Chempionati doirasidagi xalqaro konferensiyada Pokiston, Bangladesh, Maldiv orollari, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlaridan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Bugun, kunning ikkinchi yarmida UrDU rektori Baxrom Abdullayev  mazkur Voleybol Federatsiyasining  menedjerlik kursida ishtirok etayotgan xorijlik mutaxassislar bilan uchrashdi. Uchrashuvda rektor B.Abdullayev  mehmonlarga universitetga tashrifidan oʻz mamnuniyatini izhor etdi va bu kabi konferensiyalar Voleybol sportini rivojlantirishga yordam boʻlishini taʼkidladi. Shuningdek, universitetda sportni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar va moddiy-texnik bazalar bilan taʼminlanganligi,  yozgi sport komplekslari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib, sohada hamkorlikni kengaytirish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi. 
Oʻz navbatida, mehmonlar ham UrDUga tashrifi  davomidagi  hamkorlikka va mehmondoʻstlikka minnatdorchilik bildirishdi va kelgusidagi rejalari haqida gapirdilar. 

urdu.uz, URDU REKTORI VOLEYBOL FEDERATSIYASINING MENEDJERLIK KURSIDA ISHTIROK ETAYOTGAN XORIJLIK MUTAXASSISLAR BILAN UCHRASHDI

urdu.uz, UrDU rektori Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kursida ishtirok etayotgan xorijlik mutaxassislar bilan uchrashdi

urdu.uz, UrDU rektori Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kursida ishtirok etayotgan xorijlik mutaxassislar bilan uchrashdi

urdu.uz, UrDU rektori Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kursida ishtirok etayotgan xorijlik mutaxassislar bilan uchrashdi