Urganch davlat universitetida rahbariyatning an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talabalari bilan tashkil etildi.
Unda Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, Birinchi prorektor D.Ibadullayev hamda fakultet dekani I.Abdullayev ishtirok etib, talabalarga universitetdagi ta’lim imkoniyatlari, kredit-modul tizimining afzalliklari, o‘quv jarayonida erkin fikrlash va tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tishdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar uchun yaratilgan axborot-resurs markazi, sport majmualari va turli to‘garaklarning faoliyati haqida ma’lumot berilib, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga da’vat qilindi.
Rahbariyat yoshlarni doimiy izlanishda bo‘lishga, tanlagan yo‘nalishida chuqur bilim olishga, tashabbuskor va faollik ko‘rsatishga undadi. Suhbat jarayonida talabalarni qiziqtirgan savollarga ham javob berildi.