Xabaringiz bor, Urganch davlat universitetida "Sport faoliyati" kafedrasi va O‘zbekiston Voleybol Federasiyasi bilan hamkorlikda 3 kunlik Xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda. Bugun, 3-mart sanasida ham menedjerlik kursi oʻz ishini davom ettirmoqda.
Mazkur menedjerlik kurslarida jami 24, jumladan, 12 nafar xorijlik, 12 nafar oʻzbekistonlik mutaxassislar ishtirok etishmoqda. Kurslar Osiyo Voleybol Federatsiyasining ijrochi direktori janob Shanrit tomonidan oʻtkazilmoqda.
Menedjerlik kursida bugungi kundagi Osiyo va Xalqaro Voleybol Federatsiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va qonun-qoidalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmoqda. Ushbu menedjerlik kursi kalendar reja boʻyicha Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Osiyo Chempionati oldidan oʻtkazilyapti.