Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kursi faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha konferensiya davom etmoqda

Xabaringiz bor, Urganch davlat universitetida "Sport faoliyati" kafedrasi va O‘zbekiston Voleybol Federasiyasi bilan hamkorlikda 3 kunlik  Xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.  Bugun, 3-mart sanasida ham menedjerlik kursi oʻz ishini davom ettirmoqda.  
Mazkur menedjerlik kurslarida jami 24, jumladan,  12 nafar xorijlik, 12 nafar oʻzbekistonlik  mutaxassislar ishtirok etishmoqda. Kurslar  Osiyo Voleybol Federatsiyasining ijrochi direktori janob Shanrit tomonidan oʻtkazilmoqda. 
Menedjerlik kursida bugungi kundagi Osiyo va Xalqaro Voleybol Federatsiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va qonun-qoidalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmoqda.  Ushbu  menedjerlik kursi kalendar reja boʻyicha Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Osiyo Chempionati oldidan oʻtkazilyapti. 

urdu.uz, Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kursi faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha konferensiya davom etmoqda