Xalqimiz qadimiy o’yinlari bilan mashhur. Milliy sport o’yinlari har bayramda, ba’zi turlari esa yoshlar tomonidan har kuni o’ynalib kelinmoqda. Bu etnosport o’yinlarini yoshlar orasida targ’ib qilish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida 19-may kuni Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Jismoniy madaniyat, Iqtisodiyot, Tarix fakultetlari talaba-qizlari ishtirokida xalq o’yinlaridan “Arg’amchida sakrash”, “Oq terakmi, ko’k terak?”, “Arqon tortish”, “O’rnini egalla”, “Doiradan chiqar” kabi etnografik o’yinlar o’ynaldi.
Murosasiz kechgan etnosport yakunida fakultetlar kesimida Jismoniy madaniyat fakulteti birinchi, Iqtisodiyot fakulteti ikkinchi, Tarix fakulteti esa uchinchi o’rinlarni egalladi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarning munosib taqdirlandi.