Urganch davlat universitetida viloyat OTMlarining milliy reytingini aniqlash bo'yicha test jarayonlari o'tkazilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 215-sonli buyrugʻiga binoan, Respublika ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyati oliy ta'lim muassasalari  professor-o'qituvchilarining faoliyati samaradorligini baholash va milliy reytingini aniqlash bo'yicha  chet tillari hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanlari, shuningdek, tanlangan yo'nalishlar bo'yicha bitiruvchi bosqich talabalaridan mutaxassislik fanlari boʻyicha shu yilning 5-9 iyun kunlariga moʻljallangan test sinovlari boʻlib oʻtmoqda.

Test jarayonlari Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazining kompyuter zallarida kuniga 5 smenada tashkil qilinmoqda. Ushbu jarayonda belgilangan tartibda universitetimiz professor-o'qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etishmoqda.  

urdu.uz, Urganch davlat universitetida viloyat OTMlarining milliy reytingini aniqlash bo'yicha test jarayonlari o'tkazilmoqda