UrDU rektori zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'ldi

Bugun, 5-iyun kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Birinchi prorektor Sanjarbek Davletov bilan birgalikda  Xоrаzm viloyati Urganch shahar Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan З2-sоnli maktab-internatida boʻlishdi. 

Maktab-internatda oʻquvchilar sifatli taʼlim olishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Tashrif asnosida zamonaviy oʻquv binosi bilan taʼminlangan ushbu maktabning sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi. 

Maktab bitiruvchilari bilan uchrashib, dildan suhbat qurishdi. Ularning qiziqishlari, oliy ta'lim olish borasidagi maqsadlari haqida so'rashdi. O'quvchilarga esdalik uchun "Uchinchi Renessans allomalari" kitobini sovg'a qilishdi.

Shuningdek, ayni paytda ushbu maktab qoshida tashkil etilgan yozgi oromgohning ochilish marosimiga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etishdi. Madaniy tadbirda rektor B.Abdullayev so'zga chiqib, barcha bolajonlarga ezgu tilaklar bildirib, turli xil sovg'a-salomlar hadya qildi.

Oromgohning ochilish marosimida Urganch davlat universitetining sanʼatkor yoshlari ham madaniy dasturi bilan chiqish qilishdi.

urdu.uz, UrDU rektori zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'ldi