Texnikum oʻquvchilari uchun nemis tili kurslari oʻtilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Professional ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o’qitish maxsus kurslarini tashkil etish to’g’risida”gi  2023-yil 13-apreldagi 89-sonli buyrug’iga muvofiq, Urganch davlat universitetiga viloyatdagi 2 ta: Xiva tibbiyot kolleji hamda Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi biriktirilgan. 

Joriy yil aprel oyidan boshlab ushbu texnikumlarda Xorijiy filologiya fakulteti “Roman-german filologiyasi” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan nemis tili fanidan o’quv kurslar olib borilmoqda. 

O’quv kurs mashg’ulotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining nemis tili fanidan professional ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan namunaviy o’quv dasturi asosida haftasiga 8 soatdan namunaviy dasturda tavsiya qilingan “Menschen A1.1” darsligi asosida o’tilmoqda. 

urdu.uz, Texnikum oʻquvchilari uchun nemis tili kurslari oʻtilmoqda