UrDUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

Bugun mamlakatda yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalasi – eng muhim vazifaga aylangan. Muhtaram Prezidentimiz yaratgan imtiyozlar asosida endilikda yoshlarimiz ishlash uchun oliy ta’lim muassasasini bitirishni kutmaydilar. Ular o‘qishni tamomlamasdanoq mehnat qilish huquqiga egadirlar.

Yaqin kunlarda minglab bitiruvchilar universitetni tamomlab, mehnat bozori sari yo‘l oladi. Shu munosabat bilan ularga yangi imkoniyatlarni taqdim etish, bandligini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda bugun, 7-iyun kuni  Urganch davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 

Tadbirni o’z kirish so’zi bilan ochib bergan universitet rektori Baxrom Abdullayev talaba-yoshlarni o’zlari qiziqqan kasbni egallash yo’lida olg’a intilishga, kuchli salohiyat bilan mehnat bozorida munosib o’rin egallashiga chaqirdi. Bitiruvchilarni bugungi kun talabiga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlashda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, ularni sifatli ta’lim olishlari uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar xususida to’xtalib o’tdi.

Taʼkidlash joizki, Urganch davlat universitetini 2022/2023 o'quv yilida jami 8120 nafar talabalar bitirishi kutilmoqda. Ularni munosib ish oʻrni bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan yarmarkada 3 ming nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi. Kambag'allikni qisqartirish va  bandlik  bosh boshqarmasining barcha tuman va shaharlaridagi boʻlimlariga qarashli tashkilot va korxonalar 2377 ta vakant boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etgan yarmarkada 264 nafar talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ishlashga tavsiya etildi.

urdu.uz, UrDUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

urdu.uz, UrDUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

urdu.uz, UrDUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

urdu.uz, UrDUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

urdu.uz, UrDUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi