Bugun, 13-oktabr Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari Ravshanbek Xudayberganov Urganch davlat universitetida ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarning tashkil qilinishi yuzasidan o'rganish ishlarini olib bordi.
Dastlab UrDU rektori B.Abdullayev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati va talaba-yoshlarning erishayotgan yutuqlari haqida suhbat qilindi.
Shundan so'ng, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor D.Ibadullayev hamrohligida universitetdagi maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar, “Qalqon” jamoatchilik guruhi va uning faoliyati, talabalar turar joylarining holati, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan ishlar ko'rib chiqildi.
Shuningdek, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi va psixolog faoliyati ham tahlil qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.