“Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosim bo‘lib o‘tdi

Kimyoviy texnologiyalar fakultetida tashkil etilgan marosimni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Qutlimuratova kirish so‘zi bilan ochib berib, Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan mazkur haftalik mohiyati haqida to‘xtaldi, universitet olimlari tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan mahsulotlarni e‘tirof etdi.

Ta‘kidlash joizki, ushbu haftalikda ko‘rgazmaga qo‘yilgan Urganch davlat universiteti ilmiy izlanuvchilari, magistr va doktorantlari, yosh olimlar va professor-o‘qituvchilari tomonidan tadqiq qilingan 300 dan ortiq mahsulotlar amaliyotga tadbiq etilmoqda.  

Ochilish marosimida UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov, UrDU professori M.Jumaniyozov, kimyo fanlari nomzodi, dotsent O.Kulimov, «Ingliz tili va adabiyoti» kafedrasi dotsenti, f.f.d. O.Cho‘ponovlar so′zga chiqib, mazkur haftalikning ahamiyati va olimlarning o‘ziga xos bayrami ekanligi haqida gapirib, haftalik ishiga muvaffaqiyat tiladilar.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi vakillari, viloyatimizning davlat oliy ta‘lim muassasalari, korxona va tashkilotlardan vakillar, talaba-yoshlar ishtirok etishmoqda.

urdu.uz, “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosim bo‘lib o‘tdi