Joriy yilning 20-22 may kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda Pekin xalqaro matematika ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Kompleks analiz bo’yicha birinchi Xitoy-O’zbekiston konferensiyasi” o’tkazilmoqda.
Tashkil etilgan bugungi konferensiyada V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Xorazm bo‘limi rahbari, dotsent A.Atamurotovning “Hessians of m-convex functions”, Pekin universiteti professori Zhenxiao Xiening “Sextic rational curves in the quintic del Pezzo 3- fold V5 and constantly curved holomorphic 2- spheres in G(2,5)” hamda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori K.Raximovning “Measures of large entropy for polynomial-like maps in several complex variables” mavzularida ma’ruzalari tinglandi.