Rahbariyat Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabalari bilan uchrashdi
Bugun, 16-sentabr kuni Urganch davlat universiteti rahbariyatning navbatdagi uchrashuvi 2025-2026-o‘quv yilida Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetiga o’qishga tavsiya etilgan 1-bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.  
 
Uchrashuvda oliygoh rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov hamda Birinchi prorektor D.Ibadullayev tomonidan  talabalarga universitetning mavjud sharoitlari, o‘quv jarayonlarining kredit-modul tizimida tashkil etilishi, ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quv jarayonida erkin fikrlash va tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
 
Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar uchun yangi barpo etilgan axborot-resurs markazi, sport majmualari va turli to‘garaklarning faoliyati haqida ma’lumot berilib, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga chaqirildi. Yoshlarni doimiy izlanishda bo‘lishga, tanlagan yo‘nalishida chuqur bilim olishga, tashabbuskor va faollik ko‘rsatishga undashdi. 
 
Uchrashuvdan soʻng, ushbu fakultet hududidagi 9-son talabalar turar joyi koʻzdan kechirildi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
©️UrDU Matbuot xizmati