Seminarda kafedra o‘qituvchisi Kadirova Nigora Egamberganovna “Darsni rejalashtirishda dars modullari turlari xususida” nomli mavzuda ma’ruza o‘tkazdi.
Ma’ruzada dars jarayonini samarali tashkil etish, dars modullarining turlari va ularning o‘quv jarayonidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, darsni rejalashtirishda innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari yoritib o‘tildi.
Seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda magistratura talabalari mavzu yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Tadbir ilmiy va amaliy jihatdan foydali, qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.