TTJ ning ARM da 2-4-son binosi talabalari bilan 8-Mart xalkaro xotin- qizlar kuni munosabati bilan "Sen aziz va muqaddassan ayol" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Bayram tadbirida Urganch shahar hokimi maslaxatchisi Sayyora Samandarova ishtirok etdi va bayram bilan qutladi. Bayram tadbirida talabalar tomonidan bahor ayyomiga bagishlab kuy-qo'shiklar tarannum etildi. Raqs guldastasi barchani xushnud kildi. "Moxir qo'llar" tikuvchilik to'garagi qizlari tomonidan tikilgan milliy va zamonaviy modalar namoyishi tomogabinlarga manzur bo'ldi. Tadbirda tarbiyachi pedagog J.Raximov tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar esa bayramga tuhfa bo'ldi. Tabirda eng faol qatnashgan bir gurux talabalarga faxriy yorliq va sovgalar taqdim etildi. Tadbirda UrDU Xotin-kizlar qo'mitasi raisi Sh. Nurullaeva va xorijiy filologiya fakulteti o'qituvchisi, murabbiylar kengashi raisi M.Otajanovalar ishtirok etdi va bahor bayrami bilan qutladilar.