2020 yil 17 avgust kuni "Yangi innovatsion texnologiyalar asosida amaliyotchi psixologlar ish faoliyati samaradorligini oshirish" mavzusida Respublika seminari bo‘lib o‘tdi. Unda respublikadagi OTMlari Yoshlar bilan ishlash prorektorlari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi raxbarlari, OTM psixologlari ishtirok etdi. Jumladan, UrDU Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Allaberganov, Murabbiylar kengashi raisi M.Atajonova, amaliyotchi psixolog M.R.Sultonovalar qatnashdi. ZOOM dasturi orqali bo‘lib o‘tgan ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish hamda ish rejalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.