O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 8-sentyabr 383-son buyrugʻi ijrosini, shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’limga saralab olish hamda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘rtasida ko‘p bosqichli olimpiadani tashkil etish maqsadida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Xorazm viloyati bo‘yicha umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida kimyo va biologiya fanlaridan ko‘p bosqichli (tuman (shahar)-birinchi bosqich, viloyat-ikkinchi bosqich, oliy ta’lim muassasasi-uchunchi bosqich) bo‘yicha olimpiada o‘tkazish yo‘lga qo‘yilmoqda.