1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni". Sana munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Xiva shahrida joylashgan “Xiva bolalar shaharchasi"ga bolajonlarni bayram bilan qutlash maqsadida sovg`a-salomlar bilan tashrif buyurdi.
Tashrif “Biz baxtli bolalarmiz!” nomli bayram dasturiga ulanib ketdi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan "Kitob va telefon" mavzusida teatrlashtirilgan dastur namoyish qilindi. Bayram tadbiri bolalarga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi.
Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari o‘zlariga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan juda xursand bo‘lib, o`z minnatdorchiliklarini bildirishdi.