2021-yilning 4-iyun kuni Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida faxriy ustoz, professor Xushnut Babajonov tavalludining 80 yilligi va ilmiy-pedagogik faoliyatining 55 yilligiga bag‘ishlab adabiy-badiiy kecha o`tkazildi. Tadbirda ustozning kasbdosh do`stlari, shogirdlari qatnashdilar.
Shu jumladan, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d.S.Ro‘zimboyev, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d. Zaribboy Do‘simov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d H.Abdullayev, Filologiya fakulteti dekani, f.f.n.,dots. D.Q.G‘ayipov, iqtisod fanlari doktori T.Do`schanov, filologiya fanlari doktori O.Cho`ponov, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri O‘.Qalandarov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.n.,dots. S.Matkarimovalar so`zga chiqib, olim haqida juda iliq va qimmatli ma'lumotlarni aytib o`tishdi.
Ustozning ibratli hayot yo`li, ilm dargohidagi mashaqqatli izlanishlari haqida qiziqarli voqealarni xotirladilar. Tadbirda fakultet talabalari tomonidan ustozlik ehtiromi haqidagi she'r, kuy va qo`shiqlar ijro qilindi. Tadbir nihoyasida talabalar tomonidan qilingan savol-javoblar uni yanada jonli, samimiy va yuqori shukuhda o`tishini ta'minladi.
Uchrashuv Xorazm teleradiokompaniyasi ijodkorlari tomonidan tadbir suratga olindi.