2021-yil 4-iyun kuni O'zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi ishtirokida xususan, Favqulodda va muxtor elchi janob Alisher Qurmanov, elchixonaning savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Bobur Rasulov hamda UrDU rektori Bahrom Abdullayev, O'quv ishlari bo'yicha prorektor Sardor Xodjaniyazov, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor G`ayrat O`razboyevlar hamkorlikda Ukrainaning Zaporojiya milliy universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki universitet o`rtasida o`zaro ilmiy tadqiqot ishlari hamda ta`lim sohasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.


