Xabar berganimizdek, bugun 5-iyun kuni Urganch davlat universitetida viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o`rtasida matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab, Matematika fani bo‘yicha xotira turniri bo`lib o`tdi.
O`quvchilar kunning birinchi yarmida bor bilim va imkoniyatlarini ishga solib, olimpiada misol-masalalarini yechdilar.
Shundan so`ng, xotira turniri doirasida olimpiada ishtirokchilariga hamda universitet professor-o`qituvchilariga universitet oshxonasida to`kin dasturxon yoyilib, osh tarqatildi, marhum ustozimiz Ismoil Abdullayev xotirasiga duo o`qilib, Qur`on tilovat qilindi.
Ayni damda, xotira turnirining yakuniy qismi bo`lib o`tmoqda.