Ertaga ya`ni 2021-yilning 9-iyun kuni soat 10:00da Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-5117-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan "Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkaziladi.
Anjumanda ishtirok eting!