Oliy o‘quv yurtlari talaba-yoshlari o‘rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib etish, ularni ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida yo`lga qo`yilgan “Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasining univeristet bosqichi bugun, 2021-yilning 15-iyun kuni Urganch davlat universiteti talabalari o`rtasida o`tkazildi.

Kunning birinchi yarmida musobaqaning ochilish marosimi o`tkazilib, unda Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o`qituvchilari, universitet Sport klubi a`zolari hamda musobaqa qatnashchilari ishtirok etdilar. Musobaqani UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov kirish so`zi bilan ochib berib, barcha qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Musobaqa kun davomida sportning Badminton, Shaxmat, Armrestling va Futbol turlari bo'yicha o'tkazildi. Unda talabalar bor kuch va mahoratlaridan foydalangan holda g`oliblik sari olg`a bordilar.

Kunning ikkinchi yarmida musobaqa g`oliblari aniqlanib, taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor S.Davletov, Jismoniy madaniyat fakulteti dekani S.Ko`palov , Sport faoliyati kafedrasi mudiri F.Masharipov hamda Sport klubi raisi o`rinbosari M.Rahimovlar g`oliblarni e`lon qilib, Diplom va esdalik sovg`alari topshirdilar.


