Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi, xususan uning 2-yoʻnalishi mazmun-mohiyatini tashkil etadigan yoshlarni sogʻlom turmush tarzi va sportga jalb qilish borasidagi ishlarni amalga oshirish maqsadida universitet professor-o`qituvchilari hamda talaba-yoshlari o`rtasida 2020/2021-o`quv yili davomida muntazam ravishda “Rektor kubogi” musobaqalari o`tkazilib kelindi. Jumladan, erkaklar o`rtasida 17 ta sport turi bo`yicha jami 40 ta jamoa, ayollar o`rtasida esa 14 sport turi bo`yicha 15 ta jamoa ushbu musobaqalarda faol qatnashdilar.

2021-yil 19-iyun kuni 2020/2021-o`quv yili davomida “Rektor kubogi” musobaqalarida sovrinli o`rinlarni egallagan jamoalar sarhisob qilinib, taqdirlash marosimi o`tkazildi. Tantanali taqdirlash marosimida UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov, UrDU Sport klubi raisi o‘rinbosari M.Rahimov, Jismoniy madaniyat fakulteti dekani S.Ko`palov hamda fakultet professor-o`qituvchilari tomonidan eng kuchli g‘olib jamoalarga “Rektor kubogi” hamda 3 ta o`rin bo`yicha diplom va esdalik sovg`alari tantanali topshirildi.
Taqdirlash marosimda prorektor S.Davletov so`zga chiqib, barcha talabalar va ularni murabbiylariga minnatdorchilik bildirib o‘tdi va kelgusida boshqa sport yo‘nalishlarida ham bu kabi musobaqalarni o‘tkazilishini ta’kidladi.
Tantanali taqdirlash marosimi OAV tomonidan tasvirga olindi.