2021-yilning 21-iyun kuni Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligining Xorazm viloyati hududiy vakilligi boshlig`i Alisher Qurbanboyev Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif chog`ida, UrDU O`quv ishlari bo`yicha prorektori Sardor Xodjaniyozov bilan Agentlikning viloyat bo'linmasi hamda Urganch davlat universiteti o'rtasida o`zaro hamkorlik o`rnatish masalalari yuzasidan uchrashib, unda universitetda xorijiy tillarni chuqur o`rgatishni yo`lga qo`yish, moddiy-texnik jihatdan ta`minlash, o`quv dasturlari asosida chet tillarini o`qitishni boshlash masalalari kelishib olindi.
Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi hamda Urganch davlat universiteti o`rtasidagi hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Mazkur Memorandum xorijiy tillarni o`rganish sohasini yanada rivojlantirish maqsadida zamon talablariga javob beradigan malakalali kadrlar tayyorlash, xorijiy tillarni ommalashtirish va ilmiy tadqiqotlar sohasiga qaratilgan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirishda o`zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.