Suhbat chog`ida, rektor B.Abdullayev ilm-fan, ta’lim sohalarida hamkorlikni yo`lga qo`yish jumladan, professor-o`qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar, qo`shma ta`lim dasturlarini tashkil qilishda janob Said Ali Asad Gʻiloniyga Pokiston davlat universitetlari bilan bog`lab berish taklifini berdi.
Elchi janoblari ushbu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, Urganch davlat universiteti hamda Pokiston davlat universitetlari o`rtasida ko`prik vazifasini bajarishini ehtirom ila ta`kidladi. Shuningdek, Urganch davlat universitetining boshqa xorijiy universitetlar bilan hamkorliklari haqida qiziqdi.
Said Ali Asad Gʻiloniyning viloyatimiz bo‘ylab safari davom etmoqda.