Majlis universitet rektori raisligida, kengash a`zolari ishtirokida o`tkazildi. Ushbu kengashda akademik Azimboy Sa`dullayev ishtirok etib, kengash a`zolari bilan uchrashuv o`tkazdi. Unda bugungi kundagi oliy ta`limda olib borilayotgan islohotlar, ilmiy maqolalar chop etishning samaradorligi, oliy ta`lim tizimida xorijiy tillarga bo`lgan extiyoj kabi masalalar bo`yicha ma`ruza qildi.
Shundan so`ng, Kengash o`z ishini an`anaga muvofiq, bir nechta quvonchli xushxabarlar bilan boshladi.
Jumladan, O`zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti D.Yuldoshevga Fan doktori diplomini, shuningdek, O`zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Q.Olloyorov, Kimyo kafedrasi dotsenti X.Azizjonov hamda Fizika kafedrasi dotsenti A.Razzoqovlarga dotsentlik diplomlarini akademik Azimboy Sa`dullayev tantanali topshirar ekan, ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, ilm sari olg`a qadam bosishdan to`xtamaslikka chaqirdi.
Universitet rektori Baxrom Abdullayev 28-iyun kuni Urganch shahrining Yoshlar markazida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi hamda ''Diplomot'' jamoasi bilan birgalikda o`tkazilgan "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining Xorazm viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan Urganch davlat universitetining "Yoshulilar" terma jamoasini ushbu g`alaba bilan samimiy tabriklab, sovrin va diplomlarini topshirdi.
Shundan so`ng, kengash kun tartibidagi masalalar yuzasidan o`z ishini davom ettirdi.