9-iyul: Urganch davlat univesiteti qabul komissiyasi mas’ul xodimlarining navbatdan tashqari yigʻilishi o`tkazildi. Unda qabul komissiyasi mas’ul kotibi Z.Jumaniyozov hamda o‘rinbosarlar, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma`rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Allaberganov, barcha fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda Viloyat IIB JQB xodimlari ishtirok etdilar.
Yig`ilishni UrDU qabul komissiyasi mas’ul kotibi Z.Jumaniyozov ochib berib, kun tartibida turgan masalalar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
Shundan so`ng, viloyat Ichki ishlar JQB O‘MIB tezkor vakili mayor M.Xayitboyev hamda leytenant N.Raximovlar so`zga chiqib, bugungi kunda respublikamizda jinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurash va uni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida alohida ta`kidlab, universitetda qabul jarayonlarini toza va shaffof o‘tishini ta`minlashda hamkorlikka chaqirdi.