Bugun, 2021-yil 3-avgust kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida O`zbekiston xalq artisti Munojat Yo`lchiyeva bilan mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi professor-o`qituvchilari jamoasi hamda talabalar ishtirok etishdi. Mahorat uchrashuvi davomida Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri Botir Raximov hamda kafedra o`qituvchisi Umidbek Boltayevlar tomonidan Xonandalik mahorati yo`nalishi bo`yicha berilgan savollarga Munojat Yo`lchiyeva batafsil javob berishga harakat qildi.

Shuningdek, M.Yo`lchiyeva Musiqa ta'limi yo`nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan suhbatda bo`ldi. Mahorat darsi so`nggida kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash to`g`risida kelishib olindi.
