UrDU San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi kafedrasi katta o`qituvchisi N.Ibadullayeva Urganch shahridagi “Feruz” va “Ko‘hna qal’a” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla aholisi bilan davra suhbati o`tkazdi. Uchrashuvda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati xususida ma`ruza qildi.