Xalqaro  aloqalarni takomillashtirish va kengaytirish -  davr talabi

Mamlakatimizda yosh avlodning jahon ilm-fani yutuqlari va ilg‘or texnologiyalardan keng foydalanish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun chet tillarni o‘qitish va o‘rganish sharoitlari yildan yilga takomillashib bormoqda. Prezidentimiz  Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 19-maydagi  “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli qarori  xorijiy tillarni o‘rganishni va ommalashtirishni yanada mustahkamlab qo`ydi. 
Xorijiy tillarni takomillashtirish va kengaytirish borasida Urganch davlat universitetida ham ko`plab samarali ishlar olib borilmoqda.
UrDU "Roman-german filologiyasi" kafedrasi ingliz tili o'qituvchisi, AQSh elchixonasining  "Urgench English Access Microscholarship" dasturi koordinatori Feruza Masharipova 2021-yilning 16-iyuldan 16-avgustiga qadar Ostindagi Texas universitetida malaka oshirib qaytdi.
Ostindagi Texas universiteti dunyoning eng yaxshi 100 ta universitetlari ro'yxatiga kiritilgan. 
Masharipova Feruza ushbu malaka oshirish dasturida yangi o'qitish metodologiyasi, dars o'qitishning yangicha yondashuvlari jumladan, ikkinchi tilni egallash usullari, tinglash va gapirish, o'qish va yozishni, grammatika va talaffuzni o'qitishni o'rgandi. 
O'qituvchi Masharipova Feruza AQShning Toshkentdagi elchixonasidan  o'qituvchilar va dastur (Access) koordinatorlari uchun yaratilgan ushbu ajoyib imkoniyatlardan shuningdek,  Texas universiteti professorlari Dr. Melissa Ferro, Dr. Meghan Ackley, Dr. Jennifer Jones, Dr. Fotini Terza, Dr, Sarah Episcopo,  Dr. Michael Smith, Dr. Thomas Garza, Dr. Orlondo Kelm hamda dastur koordinatorlari Rachelle Bumgardner va Kelly Martinlarning trening va ma`ruzalaridan juda minnatdor!
Feruza Masharipova professional o'qituvchilar o'z darslarini san'atga va fanga aylantira olishini ta`kidlaydi. 
"Roman-german filologiyasi" kafedrasi kelajakda Texas universiteti bilan hamkorlikda harakatlar rejasini tuzishini bildirdi.

 

urdu.uz;Xalqaro  aloqalarni takomillashtirish va kengaytirish -  davr talabi

urdu.uz;Xalqaro  aloqalarni takomillashtirish va kengaytirish -  davr talabi

urdu.uz;Xalqaro  aloqalarni takomillashtirish va kengaytirish -  davr talabi

urdu.uz;Xalqaro  aloqalarni takomillashtirish va kengaytirish -  davr talabi

urdu.uz;Xalqaro  aloqalarni takomillashtirish va kengaytirish -  davr talabi