2021-yil 11-sentabr kuni Urganch davlat universiteti Kengashining navbatdagi 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlis universitet rektori raisligida, kengash a`zolari ishtirokida o`tkazildi. Kengash o`z ishini an`anaga muvofiq, bir emas bir nechta quvonchli xushxabarlar bilan boshladi. Jumladan:
Rektor Baxrom Abdullayev UrDU professori G`.Satipovga “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni hamda pul mukofotini topshirdi.
Professorlik unvonini olgan Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani I.Abdullayevga unvon diplomini tantanali taqdim etdi.
AQSHning Ostindagi Texas universitetida malaka oshirib qaytgan Xorijiy filologiya fakulteti katta o‘qituvchisi Feruza Masharipovaga sertifikatini topshirdi.
Shuningdek, 6 nafar professor-o`qituvchilarga dotsentlik diplomlari berildi:
Islomboy Bayjonov
Aniyoz Xudayberganov
Otabek Shixov
O`g`iljon Xudoyberganova
Xudayor Rajabov
Nazokat Annayeva
Bir guruh professor-o`qituvchilarga PhD diplomlari tantanali topshirildi:
Bekzod Tajiyev
Yashin Xudayberganov
Bekzod Sultonov
Bekzod Qo`ziboyev
Maqsuda Aminova
Dilmurod Bekchanov
Quvvat Hamroyev
To`xtabek Rahimov
Jasur Atayev
Shundan so`ng, kengash yig`ilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan o`z ishini davom ettirdi.



UrDU Matbuot xizmati