Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov joriy yilning 14-sentabr kuni Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida, 5-sonli talabalar turar joyida bo`ldi. Kompleksining quvvati va qamrovi, talabalarni yotoqxonaga joylashtirish tartibi bilan qiziqdi.

Vazir Abduqodir Toshqulovga talaba-yoshlarga yotoqxonada yaratilgan shart-sharoitlarni UrDU rektori Baxrom Abdullayev yaqindan tanishtirdi.

.jpg)
Yotoqxonaning yerto`la qismida talaba-yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun tashkil qilingan kovorking markaz, IT xonalari, zakovat xonasi, loyihalar fabrikasi, arxitektura va dizayn, rassomchilik xonalari hamda qizlar uchun tikuvchilik xonalarini ko`zdan kechirib, to`garak jarayonlarining guvohi bo`ldi.

.jpg)



О‘rganish jarayonida vazir Abduqodir Toshqulov talabalar bilan suhabtda bo`lib, ularning fikr-mulohazalari bilan qiziqdi. Suhbat chog`ida yaratilgan sharoitlardan talabalar mamnun ekanliklarini bildirishdi.