Bugun, kunning ikkinchi yarmida “Talabalar forumi-2021” ning taqdirlash marosimi o`tkazildi. Taqdirlash marosimida forum doirasida o`tkazilgan barcha loyiha, tanlov va musobaqalarda faol qatnashgan talaba-yoshlar hamda forum tashkilotchilari UrDU ma`muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur forum viloyatimizdagi talaba-yoshlarni mamlakatimizda joriy yilning 24-oktabrida bo`lib o`tadigan muhim siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasining Prezidentlik saylovi haqidagi bilimlarini mustahkamlash, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish hamda saylov jarayonlarida o`z fuqarolik huquqlaridan unumli foydalanishlarini targ`ib etishga xizmat qiladi.


