Vatanimiz, tinch va osoyishta kunlarimiz qadr-qimmatini ifoda etuvchi musiqiy kechalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilayotganligi har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlamoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun, 11-oktabr sanasida Filologiya fakulteti 1-bosqich talabalarining "Talabalikka bag‘ishlov” nomli qasamyodi qabul qilishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.
Universitetimizda tahsil ola boshlagan 1-kurs talaba-yoshlar hukumatimizning yosh avlodga yaratib berayotgan imkoniyatlardan foydalanib, test sinovlarining adolatli va haqqoniy o‘tkazilishi natijasida talaba degan sharafli nomga musharraf bo‘lganliklaridan nechog'lik mamnunligini o'zlarining har bir chiqishlarida namoyon qildilar. Ajoyib sahna ko'rinishlari, go'zal raqslar, talabalikka bag'ishlangan she'rlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbir so'nggida o'zbek va rus tillarida tilida talabalik qasamyodi o'qildi.



