Joriy yilning 24-oktabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ham 11 kun qoldi.
Bugun, 13-oktabr kuni talaba-yoshlar o'rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida o'tkazilayotgan "Targ'ibot poyezdi"da 10 nafar a'zodan iborat targ‘ibot guruhi Xorazmga yetib keldi.
Targ'ibot guruhini Urganch davlat universiteti rahbariyati va professor-o'qituvchilari kutib oldilar.


