2021-yilning 19-oktabr kuni Urganch davlat universitetining Filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida "Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining oktabr oyi soni bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning 5 nafar ishtirokchisi she‘riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning g‘azallari bo‘yicha o‘zaro she’riyat maydonida bahsga kirishdilar.
Tadbir davomida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti M.Pirnazarova murabbiyligidagi 201- o‘zbek tili guruhi talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy- qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari ijro qilindi.
Tanlov yakunida g‘oliblar e’lon qilinib, Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov fakultet professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda tanlov g‘oliblarga diplom hamda O‘zLiDePning esdalik sovg‘alarini tantanali topshirdi.

.jpg)

