Kimyo kafedrasi o'qituvchisi Eshchanov Xushnudbekning

Kimyo kafedrasi o'qituvchisi Eshchanov Xushnudbekning "Ipak fibroinining kristall strukturalari" mavzusidagi ilmiy-nazariy seminari o'tkazildi. Seminarda ipakning tolali chiqindilaridan olingan fibroin tolasining kristall qismlarini tahlil natijalari ko'rsatib o'tildi. Bundan tashqari ipak tolasimon chiqindilaridan olingna gidrolizlangan fibroin na'munalarining kristall strukturalarining rentgenofazaviy tahlil natijalari ko'rsatildi. Seminar mavzusi bo'yicha ko'plab savollar berildi va ijobiy javoblar keltirildi. Seminar bo'yicha asosiy xulosalar e'lon qilindi.