2021-yil 29-oktabr kuni Tarix fakultetining “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh faylasuflar” to'garagining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Unda "Inson manfaatlarning falsafiy tahlili" mavzusi muhokama qilindi. Fakultetning 1-2-kurs talabalari ishtirokidagi ushbu to‘garak yig‘ilishida f.f.d., professor Maqsuda Xajiyeva boshchiligida kafedraning bir guruh professor-o‘qituvchilari mavzuga oid ma’lumotlari bilan ma’ruza qildilar.