2021-yilning 16-noyabr kuni Filologiya fakulteti talabalari 18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlab "Yoshlar kelajak poydevori" mavzusida tadbir tashkil qildilar.
Tadbir davomida talabalar tomonidan qiziqarli sahna ko'rinishlar, serjilo kuy-qoʻshiq va raqslar ijro qilindi.
Shuningdek, ushbu bayramona tadbir "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusidagi she'rxonlik kechasiga ulanib ketdi. She'rxonlik davomida talaba-yoshlar o'zlarining vatanparvarlikni aks ettiruvchi she'rlarini ifodali aytib yig'ilganlarni xushnud qildilar.
Tadbir davomida Filologiya fakukteti talabalari o'rtasida "Bayrog'im-g'ururim", "Bayroq 30 yoshda" heshtegi ostida o'tkazilgan audio va video she'rlar ijrosi tanlovi, "Muqaddasdir vatan bayrog'i" mavzusidagi insholar tanlovida g'olib bo'lgan talabalar fakultet dekanati tomonidan taqdirlandilar.
Tadbir so'nggida talaba-yoshlarning vatanparvarlikni tarannum etuvchi "O'zbekiston yoshlari" qo'shig'ini bir bayroq ostida to'planib, faxr va iftixor bilan kuylashlari barchaga o'zgacha bayramona kayfiyat baxsh etdi.