2021-yilning 18-noyabr kuni Urganch davlat universitetida "Talabalarga yaratib berilgan sharoitlar hamda oʻquv jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar" mavzusida Media-tur o‘tkazildi.
Media-turda UrDU Talabalar kengashining faol talaba-yoshlari, xususan, Pedagogika, Xorijiy filologiya hamda Fizika-matematika fakulteti talabalaridan iborat bir guruh yoshlar Tabiiy fanlar fakultetiga sayohat qildilar.
Media-tur davomida mehmon talabalar Tabiiy fanlar fakultetida bugungi kunda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida fakultetning laboratoriya xonalarida boʻldilar. Jumladan, Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi, Noorganik va analitik kimyo, Neft va gaz kimyosi, atrof muhit kimyosi singari kimyo laboratoriya xonalari, biologiya laboratoriya xonalari ham GIS xonalarining jihozlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foylanib oʻtilayotgan dars jarayonlarining guvohi boʻldilar.




