2021-yil 2-dekabr sanasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Raximjon Hakimov Urganch davlat universitetining Kimyoviy texnologiyalar fakultetida boʻldi.
✔️Vazir oʻrinbosari R.Hakimovni Kimyoviy texnologiyalar fakultetida yaratilgan shart-sharoitlar bilan UrDU rektori B. Abdullayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov hamda fakultet dekani Sh.Kuramboyevlar yaqindan tanishtirdi.
✔️Vazir oʻrinbosari tashrif davomida Kimyoviy texnologiyalar fakultetining professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va magistrlarining ilmiy-innovatsion ishlanmalari koʻrgazmasida qatnashdi. Unda professor-oʻqituvchilarning o‘quv, ilmiy tadqiqot faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan masalalar keng tarzda muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, Jahon banki tomonidan olingan zamonaviy laboratoriya uskunalari va jihozlaridan taʼlim jarayonida foydalanayotganliklari bilan yaqindan tanishdi.
✔️R.Xakimov dars jarayonlarini ham ko‘zdan kechirib, mazkur ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, shu bilan birga, yosh olimlar bilan yaqindan muloqot qildi.